"Matematik modellashtirish va informatika" kafedrasi
“Matematik modellashtirish va informatika” kafedrasi Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida qoshida 1992- yil tashkil topgan va shu yildan buyon faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.
1992- yildan 1995- yilgacha “Matematika va Informatika”, 1995- yildan 1998- yilgacha «Iqtisodiyotda matematik modellashtirish va informatika» deb nomlangan. 1998- yilda esa «Iqtisodiyotda matematik modellashtirish va informatika» kafedrasi 2 ta “Iqtisodiyotda miqdoriy usullar” va “Informatika va informatsion texnologiyalar” nomli kafedralarga ajralgan. 2008- yil fevral oyidan “Iqtisodiyotda miqdoriy usullar” va “Informatika va informatsion texnologiyalar” kafedralari birlashtirilib “Matematik modellashtirish va informatika” kafedrasi deb nomlandi. Kafedrada Xalqaro iqtisodiy munosabatlar fakulteti talabalariga Matematika, Iqtisodiyotda miqdoriy usullar, Ehtimollar nazariyasi, Matematik statistika, Ekonometriya, Matematik modellar, Tizimli tahlil va qaror qabul qilish, Moliyaviy matematika, Amaliy statistika, Informatika va informatsion texnologiyalar, Axborot tizimlari fanlari o‘qitiladi.
JIDUning barcha 1 va 2 kurs talabalari uchun “Matematika” hamda “Informatik va informatsion texnologiyalar fanilari o‘qitiladi. Qolgan fanlar muttahassisliklar buyica tanlov fanlari sifatida uqitiladi.
1992-1995 o‘quv yillarida kafedra professori A.S.Rasulov, 1995-2003- yillari dotsent M.T. Baqoyev, 2003- 2006- yillari fevral oyigacha dots. G‘. Ibragimov, 2006-2012- o‘quv yillarida professor A.S.Rasulov, 2012-2015-yillarda dotsent D.R. Akabirxodjayeva va 2016- yildan yana prof. A.S Rasulov kafedra mudiri lavozimida ishlab kelmoqda.
Shu davr mobaynida kafedrada kafedra mudiri,. f.-m. f.d., professor A.S. Rasulov, prof.v.b. A.Sattorov, dotsent X.Sarimsokova, dotsent A.Muxamedov, dotsent G. Raimova, f.-m.,f.n., dotsent Akabirxodjayeva D.R katta o‘qituvchilar Umarova Sh., Raxmatov M., Bo‘riyev A., o‘qituvchilar Bobojonov J., Saidova R., Abdujajilova G., Davlat Boshqaruvi Akademiyasidan “Qarorlarni qabul qilish nazariyasi” kafedrasi mudiri, f.-m.,f.n., dotsent M. T. Baqoyevlar dars berib kelmoqda
Informatika va informatsion texnologiyalar fanida kafedra o‘kituvchilari yordamida universitetning 1- va 2-kurs talabalari, shuningdek aspirant va tadqiqotchilar kompyuterlarining imkoniyatlaridan to‘liq foydalanishni o‘rganadilar. Talabalar o‘qishi davomida operatsion sistemalar va ularning imkoniyatlari, Power Point - taqdimot dasturi, Excel - elektron jadvali, Acsess - ma'lumotlar bazasi bilan to‘liq tanishadilar. Shuningdek, Internet tizimi bilan tanishib, uni o‘quv jarayonida qo‘llash va foydalanishni o‘rganadilar. Kafedrada o‘quv-uslubiy ishlar yaxshi yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, dars berishdan tashqari talabalarni o‘quv - metodik qo‘llanmalar bilan ta'minlash bo‘yicha bir qator ishlar amalga oshirilgan. Kafedrada o‘qitiladigan 4 fandan (“Ehtimollar nazariyasi va matematik statistika”-mualliflar A.S. Rasulov, G. Raimova, “Iqtisodda miqdoriy usullar”-mualliflar A.S. Rasulov, U. Dalaboyev, “Ekonometriya”- muallifi X. Sarimsoqova, “Informatika va axborot texnologiyalari”- muallifi A. Sattorov) darsliklar yaratilgan bo‘lib ushbu darsliklar O‘zbekiston Oliy va maxsus ta'limi vazirligini grifini olgan. Jumladan, dars jarayonining sifatini oshirish va yangi pedagogik hamda informatsion texnologiyalar qo‘llash uchun tarqatma materiallar, ovozli slaydlar, laboratoriya ishlari, test savollari to‘plamlari ishlab chiqilgan va talabalarga tarqatilgan. Texnik vositalardan unumli foydalanish uchun har bir ma'ruza uchun taqdimot programmalari ishlab chiqilgan. Universitet o‘qituvchilari uchun o‘quv jarayoniga kompyuter texnologiyalarini qo‘llash bo‘yicha maxsus kurslar tashkil etilgan. Kafedra xodimlari tomonidan kafedra yo‘nalishi bo‘yicha bir qator ma'ruza matnlari, o‘kuv qo‘llanmalar va darsliklarning elektron variantlari tayyorlanib, foydalanish uchun universitet kutubxonasiga topshirilgan.
Xodimlar tomonidan ilmiy ishlarning bajarilishi kafedra yig‘ilishida doimiy muhokama qilinadi. Kafedra xodimlarining deyarli barchasi xorijda malaka oshirib qaytganlar. Xalqaro aloqalar yuzasidan AQSHning Florida, Yaponiyaning Vaseda va Nixon, Malaziyaning Putra, Koreya Respublikasining KimYong va Fransiyaning Sorbonna universitetlari bilan hamkorliklar yo‘lga qo‘yilgan.
Kafedra qoshida iqtidorli talabalar uchun “Ekonometrik tahlil va biznesda bashorat qilish”, «Iqtisodchilar uchun amaliy dasturlar» to‘garaklar muntazam faoliyat olib bormoqda. Mazkur to‘garak ishtirokchilari talabalar o‘rtasida respublika va xalqaro olimpiadalarda faol ishtirok etib kelmoqda. Shuningdek kafedra professor o‘qituvchilarining ilmiy faoliyatidan kelib chiqgan xolda magistrlar, iqtidorli talabalar ishtirokida ilmiy-amaliy seminarlar tashkil etilgan.
Kafedra xodimlaridan G.Raimova (2002- y., ilmiy raxbar A.Rasulov), Z. Eshkuvatov (2003 y.), D. Akobirxodjayeva (2005- y.) va A. Oxunovlar (2006- y.) nomzodlik dissertatsiyasini muvafaqiyatli himoya qilib, fizika-matematika fanlari nomzodi ilmiy darajasiga sazovor bo‘ldilar.
Hozirgi kunda 4 ta doktorlik dissertatsiyasi kafedra xodimlari tomonidan tayyorlanmoqda. Kafedrada professori. A. Rasulov raxbarligida iqtisodiy jarayonlarni matematik modellashtirish bo‘yicha ilmiy seminar faoliyat ko‘rsatmoqda. Hozirgi kunda kafedrada yana quyidagi professor-o‘qituvchilar faoliyat olib bormoqda. dotsent A. Muxamedov,dotsent M. Baqoyev, dotsent D. Akabirxodjayeva, dotsent U. Dalaboyev, katta o‘qituvchilar: Sh. Umarova, A. Bo‘riyev, M. Raxmatov, J. Bobojonov va o‘qituvchi G.Abdujalilova.
Kafedra O‘zMU qoshidagi matematika va informatsion texnologiyalar instituti, M. Ulugbek nomidagi O‘zbekiston milliy universiteti, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti va Shayxontohur akademik litseyi bilan hamkorlikda ilmiy izlanishlar olib bormoqda.