"Sharq tillari" kafedrasi
JIDU rektori tomonidan 2008- yil 25- oktabrdagi tasdiqlangan buyruqqa muvofiq Til ta’limi markazi qoshida «Sharq tillari kafedrasi» tashkil topdi. Sharq tillari kafedrasida arab, koreys, xitoy, yapon, urdu tillari ikkinchi til sifatida o‘rgatiladi. Urdu tili 2016-2017- oquv yili 29- avgust oyida ochildi. Kafedrada 453 ga yaqin talabalar sharq tillarini o‘rganib kelmoqdalar.
Kafedra KOICA, JICA, Xitoy Xalq Respublikasi elchixonasi, Arab davlatlari elchixonalari bilan hamkorlik qiladi. Barcha tillarda xorijlik ko‘ngilli o‘qituvchilar faoliyat yuritadilar. Barcha til bo‘limlarida har yili talabalar grant asosida xorijiy universitetlarda tahsil olish imkoniyatiga egalar. Jumladan, Janubiy Koreyaning INHA, ADJOU universitetlari, Yaponiyaning Waseda, Tsukuba, Nagoya universitetlari, Xitoy Xalq Respublikasining Pekin pedagogika universiteti, Shanxay, Sian universitetlarida JIDU talabalari tahsil olmoqdalar. Shuningdek, kafedra o‘qituvchilari ham xorijiy universitetlarda malaka oshirish imkoniyatiga egalar.
Kafedra doirasida har yili turli madaniy-intelektual tadbirlar tashkil etiladi. Masalan, iqtidorli talabalar ishtirokida “Yapon tili va madaniyati kuni”, “Kim Xitoyni yaxshi biladi?”, “Koreya madaniyatini bilasizmi?”, “Arab tili va madaniyati kuni” kabi tadbirlar, shular jumlasidandir.
JIDU talabalari kafedra doirasida Respublika va xalqaro ko‘rik tanlovlarda faol ishtirok etib, sovrinli o‘rinlarni egallab kelmoqdalar.
Barcha til bo‘limlarida xalqaro hamkorlik asosida tashkil qilingan axborot resurs markazlari, zamonaviy texnik jihozlangan multimedia va lingafon xonalari mavjud.