"Roman-german tillari" kafedrasi
1992- yil Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti tashkil topgan kundan boshlab, kafedra “Nemis tili”, “Fransuz tili” va “Jahon tillari” o‘bo‘limlari asosida faoliyat yuritib kelgan. JIDU O‘quv kengashining 2008- yil 25- oktabrdagi qaroriga binoan 3 kafedra birlashuvi asosida “Roman-german tillari” kafedrasi vujudga keldi.
Hozirgi kunda kafedrada quyidagi fanlar o‘qitilmoqda:
- nemis tili (asosiy va ikkinchi chet tili sifatida);
- fransuz tili (asosiy va ikkinchi chet tili sifatida);
- ispan tili (ikkinchi chet tili sifatida);
- italyan tili (ikkinchi chet tili sifatida);
Bugungi kunda mazkur kafedrada 1 nafar fan nomzodi, 5 nafar katta o‘qituvchi, 9 nafar o‘qituvchilar faoliyat yuritadilar.
Kafedrada nemis tili, italyan tili, fransuz tili, ispan tili fanlarini o‘qitishda hozirgi zamon ilg‘or uslub va tamoyillari, rivojlangan mamlakatlarning tajribasi qo‘llaniladi. Yangi texnologiyalardan samarali foydalangan holda talabalarga nazariy bilim beriladi va amaliy mashg’ulotlar treninglar, bahs-munozaralar, davra suhbatlari tarzida olib boriladi.
Kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan ko‘plab darsliklar, o‘quv qo‘llanma, o‘quv-uslubiy qo‘llanma va majmualar nashr ettirilgan.
Ushbu tillarda tahsil olayotgan talabalar Davlat stipendiyalari, Respublika talaba-yoshlarning olimpiadalarida, hamda turli chet el vakolatxonalari tomonidan tashkil etiladigan tanlovlarda muvaffaqiyatli ishtirok etib sovrinli o‘rinlarni egallab kelmoqdalar.