30.09.2022 1346

Joriy yilning 19-23 sentyabr kunlari USAID LRP hamkorlik dasturi yordamida, JIDU va TDYU vakillari bilan birgalikda Italyaning Rim shahriga tashrif tashkil etildi. JIDU vakillari orasida Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha Prorektori G.Ismailova  va O’quv uslubiy bo’lim boshlig’i Fuzail Maxmudovlar bor edi. 

Tashrif 20 sentyabr kuni Italyaning Roma Tre universiteti bilan boshlandi. (Ma’lumot uchun: Roma Tre universiteti 1992 yil tashkil etilgan bo’lib, bakalavr, magistr va PhD darajasiga mo’lallangan 13 ta dasturga ega. 7000 dan ortiq talaba ta’lim oladi).

Roma Tre universiti rektori prof. Massimiliano Fiorucci,  Malakaviy talablar, o‘quv rejalari va ta’lim dasturlarini ishlab chiqish va tasdiqlash hamda muvofiqlashtirish jarayonlarini o‘rganish hamda ushbu tizimni JIDUda raqamlashtirish orqali joriy etish yo’nalishi; O‘qituvchilar tomonidan yaratilgan dasturning belgilangan talablarga muvofiqligi sifatini nazorat qilish jarayonini tahlil qilish va ushbu tizimni raqamlashtirish va uni joriy etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish; Talabalar samaradorligi ko‘rsatkichlari va kreditlarini qayd etish va tahlil qilish, talabalarni kursdan kursga o‘tkazish, kursdan kursga qoldirish, talabalar tomonidan o‘zlashtirilmagan kreditlarni o‘zlashtirish jarayonini o‘rganish va universitetda ushbu tizimni raqamlashtirish imkoniyatlari bilan tanishtirdi. •    

Roma Tre universiteti yuridik fakulteti rahbari prof. Segreteria Rettore, JIDU va Roma Tre universiteti o‘rtasida ikki tomonlama diplom (2+2) shartnomasini imzolash masalalari va O'qituvchilar uchun  malaka oshirish kurslari va treninglar tashkil etish imkoniyatlari o'rganildi.

21 Sentyabr kuni Luiss – Libera Università Internazionale degli Studi Sociali Guido Carli universiteti Xalqarolashtirish bo'yicha rektor o'rinbosari Prof. Raffaele Marchetti va Luiss yuridik maktablari ilmiy menejeri Lorenzo Valerilar bilan uchrashuv tashkil etildi. (Ma’lumot uchun: Luiss – Libera Università Internazionale degli Studi Sociali Guido Carli universiteti 1974-1978 yillar oraligʻida paydo boʻlgan. Universitet asosiy toʻrtta- Iqtisodiyot va Moliya, Biznes va Menejment, Huquq va Siyosat fanlari bo’yicha kadrlar tayyorlaydi. Xalqaro munosabatlar sohasi bo’yicha Italiya tashqi ishlar vazirligi bilan keng ko’lamli hamkorlikni olib boradi). Uchrashuvda O'quv dasturi va uning tashkiliy tafsilotlari; Malakaviy talablar, oʻquv rejalari va taʼlim dasturlarini ishlab chiqish va tasdiqlash hamda muvofiqlashtirish jarayonlarini oʻrganish hamda ushbu tizimni universitetimizda joriy etish; Kasbiy rivojlanish uchun qo’shma boshqaruv ta'lim dasturlarini muhokamasi, Magistrlik dasturi, professor-o'qituvchilar va xodimlar almashinuvi va Tadqiqotni rivojlantirish maqsadida professor-o'qituvchilar tomonidan kutubxona materiallari va resurslarni almashish bo'yicha hamkorlik masalalari o’rganildi. Uchrashuv yakunida JIDU va Luiss – Libera Universiteti o’rtasida imzolanadigan memorandum tafsilotlari kelishib olindi.

22 sentyabr kuni Sapienza universiteti Xalqaro aloqalar bo‘yicha rektor o‘rinbosari Bruno Botta va Rim Sapienza universiteti yuridik fanlar bo'limi prof. Oliviero Dilibertolar bilan uchrashuv tashkil etildi.

(Ma’lumot uchun: Sapienza universiteti 1303 yil tashkil etilgan. 2021-2022 o’quv yilida 120.000 talaba ta’lim oladi. 42 tadan ortiq fakultet va dasturlar mavjud bo’lib, 3.500dan ortiq professor o’qituvchilar ishlaydi).

Talabalarning individual ta'lim traektoriyalarini shakllantirish va fanlar hamda o'qituvchilar tarkibini tanlash jarayonini raqamlashtirish tizimlarini o'rganish; Talabalar samaradorligi ko‘rsatkichlari va kreditlarini qayd etish va tahlil qilish, talabalarni kursdan kursga o‘tkazish, kursdan kursga qoldirish, talabalar tomonidan o‘zlashtirilmagan kreditlarni o‘zlashtirish jarayonini o‘rganish va universitetda ushbu tizimni raqamlashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish; Modul o‘qituvchilari tomonidan yaratilgan dasturning belgilangan talablarga muvofiqligini nazorat qilish jarayonini o‘rganish va ushbu tizimni raqamlashtirish va uni joriy etish masalalari muhokama qilindi. Qolaversa Xalqaro aloqalar bo‘yicha rektor o‘rinbosari Bruno Botta ERASMUS xalqaro hamkorlik doirasida talabalar mobilligin amalga oshirishga tayyor ekanligini bildirdi. 

Yuqoridagilardan kelib chiqib JIDUda quyidagi yangiliklarni qo’llash imkoniyatlari mavjud:

  1.  Talabalarning individual ta'lim traektoriyalarini shakllantirish va fanlar hamda o'qituvchilar tarkibini tanlash jarayonini raqamlashtirish
  2. ERASMUS xalqaro hamkorlik doirasida talabalar mobilligin amalga oshirish
  3. Magistrlik dasturi va professor-o'qituvchilar va xodimlar almashinuvini yo’lga qo’yish
  4. Malakaviy talablar, oʻquv rejalari va taʼlim dasturlarini ishlab chiqish va tasdiqlash hamda muvofiqlashtirish jarayonlarini oʻrganish
  5. O‘qituvchilar tomonidan yaratilgan dasturning sifatini nazorat qilish jarayonini tahlil qilish.