29.03.2021 3824

“Navroʻz” umumxalq bayrami munosabati bilan 13-mart kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida sportning futbol, voleybol, basketbol, suzish, shaxmat, stol tennisi sport turlari boʻyicha Tashqi ishlar vazirligi, universitet professor-oʻqituvchilari, MDXMI (MGIMO) Toshkent filiali, JIDU magistratura boʻlimi, Xalqaro munosabatlar, Xalqaro iqtisodiyot va menejment, Xalqaro huquq fakultetlari, JIDU litseyi jamoalari oʻrtasida spartakiadaga start berilgan edi. Murosasiz bellashuvlardan soʻng gʻoliblar aniqlandi.

Spartakiada gʻoliblarini taqdirlash 27-mart kuni boʻlib oʻtdi. Spartakiada natijalariga koʻra:

  • Tashqi ishlar vazirligi jamoasi futbol boʻyicha 2 oʻrin;
  • MDXMI Toshkent filiali shaxmat boʻyicha 1 oʻrin, basketbol (yigitlar) 2 oʻrin, voleybol (yigitlar) 3 oʻrin;
  • Xalqaro munosabatlar fakulteti basketbol boʻyicha (qizlar) 3 oʻrin, “erkin suzish”da 2 va 3 oʻrinlar;
  • Xalqaro iqtisodiyot va menejment fakulteti futbol boʻyicha 1 oʻrin, voleybol (yigitlar) 1 oʻrin, (qizlar) 2 oʻrin, basketbol (qizlar) 1 oʻrin, shaxmat 2 oʻrin, suzish (Brass uslubida, yigitlar) 2 va 3 oʻrin,  “erkin suzish”da 1, 2, 3 oʻrinlar, stol tennisi 3 oʻrin;
  • Xalqaro huquq fakulteti talabalari futbol boʻyicha 3 oʻrin, basketbol (yigitlar) 1 oʻrin, basketbol (qizlar) 2 oʻrin, volleybol (yigitlar) 2 oʻrin, volleybol (qizlar) 1 oʻrin, shaxmat 3 oʻrin, suzish (Brass uslubida, yigitlar) 1 oʻrin, “erkin suzish” (qizlar) 1 oʻrin, stol tennisi 1 va 2 oʻrinlarni egallashdi.

Yakuniy natijalarga koʻra, oltin medallar hisobi boʻyicha Xalqaro huquq fakulteti jamoasi 1 oʻrinni, Xalqaro iqtisodiyot va menejment fakulteti jamoasi 2 oʻrinni, MDXMI Toshkent filiali esa 3 oʻrinni qoʻlga kiritdi.