Inson huquqlari sohasidagi davlat siyosatini takomillashtirishning yangi bosqichi
02.07.2020 2960
Prezident qarori bilan Inson huquqlari bo'yicha O`zbekiston Respublikasining milliy strategiyasi tasdiqlandi. Strategiya inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilish mexanizmini yanada takomillashtirish, 2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasini amalga oshirishni ta'minlash, shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-yanvardagi murojaatida belgilangan vazifalarni samarali va o`z vaqtida amalga oshirish maqsadida qabul qilindi. Strategiyani amalga oshirish maqsadida besh yo`nalishda 78 ta tadbirni o`z ichiga oladigan "yo`l xaritasi" qabul qilindi.
Strategiya so'nggi yillarda mamlakatda jadal suratlarda amalga oshirilayotgan islohotlar dinamikasini, hayotda ro'y berayotgan o'zgarish jarayonlarini doimiy ravishda qayta ko'rib chiqishni va vazifalarni hal etishda kompleks yondashishni hisobga olgan holda qabul qilindi.
Strategiyani ishlab chiqishda xorijiy mamlakatlarning ilg'or tajribalari sinchkovlik bilan o'rganilib, o`ziga xos jihatlar inobatga olingan holda ishlab chiqildi. Strategiya loyihasi SOVAZ portalida faol muhokama qilindi. Shuni ta'kidlash joizki, ushbu strategiyani ishlab chiqish jarayonida davlat va nodavlat institutlarining loyiha muhokamasi va rivojlanish jarayoniga jalb qilindi.
Strategiya loyihasi bilan tanishish, inson huquqlari sohasidagi davlat siyosatini rivojlantirishning ustuvor yo'nalishlari va istiqbollari to'g'risida ma`lumot beradi. Quyidagi chora-tadbirlar asosiy yo'nalishlar sifatida belgilandi:
- хalqaro tashkilotlarning inson huquqlarini himoya qilish boʻyicha tavsiyalarini amalga oshirishga qaratilgan milliy harakat rejalari (“yoʻl хaritalari”)ning soʻzsiz bajarilishini ta’minlash;
- BMTning inson huquqlari boʻyicha ustav organlari va shartnomaviy qoʻmitalarining tavsiyalarini bajarishga toʻsqinlik qilayotgan sabab va sharoitlarni aniqlash, tahlil qilish hamda bartaraf etish;
- va BMTning inson huquqlari bo'yicha shartnomaviy qo'mitalari, qonunchilik va huquqni qo'llash amaliyotini takomillashtirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish orqali;
- Oʻzbekistonning inson huquqlari boʻyicha хalqaro majburiyatlarini bajarish sohasida Prezident huzuridagi Jamoatchilik palatasi va fuqarolik jamiyati institutlari bilan samarali hamkorlikni amalga oshirish.
Strategiyani amalga oshirish bo`yicha "Yo`l xaritasi" o`zida global rivojlanishdagi barcha yangi tendensiyalarni, shu jumladan raqamli texnologiyalarning imkoniyatlari, fuqarolik jamiyatining o`rnini oshirish maqsadlari aks etelgan.
Aniq belgilangan ko'rsatkichlar asosida ko'p darajali monitoring tizimini ta'minlashga alohida e'tibor qaratilgan. Xususan, Strategiyani tasdiqlash to'g'risidagi qarorda Inson huquqlari boʻyicha Milliy markaz (keyingi oʻrinlarda – Markaz) Milliy strategiya va “Yoʻl хaritasi”ning amalga oshirilishi yuzasidan:
- muntazam monitoring olib borib, chora-tadbirlar sifatli va oʻz vaqtida ijro etilishi boʻyicha taklif va tavsiyalarni tegishli vazirlik va idoralarga kiritib boradi;
- doimiy ravishda aniq koʻrsatkichlar va erishilgan natijalar aks ettirilgan batafsil aхborotni oʻz veb-saytida joylashtirib boradi;
- har chorakda Prezident Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasiga umumlashtirilgan ma’lumot kiritadi;
- aхborot-tahliliy sharhlar tayyorlanishi, хorijiy tillarga tarjima qilinishi va e’lon qilinishini ta`minlaydi.
Shuningdek, Milliy strategiya va “Yoʻl хaritasi”ning ijro holati yuzasidan har 6 oyda Vazirlar Mahkamasining Rayosati majlislarida vazirlik va idoralarning aхboroti tinglanadi.
Shubhasiz, Strategiya ko`p murojaat qilinadigan, ishlaydigan hujjat, hokimiyatlar uchun amaliy qo`llanma bo'ladigan, inson huquqlari sohasida muvofiqlashtirish vositasiga aylanadigan strategiyaga aylanadi, ushbu yo'nalishdagi qonunchilik va amaliyotni rivojlantirishni rejalashtirishga yordam beradi, inson huquqlarini ta'minlash va himoya qilishning samarali tizimini ta`minlaydi.
Strategiya inson huquqlari sohasidagi xalqaro hamkorlikni rivojlantirishda yangi bosqichni ochadi. Qarorda inson huquqlari bo'yicha xalqaro majburiyatlarga rioya etilishi bo'yicha Parlament komissiyasini tuzish, shuningdek, xalqaro tashkilotlar vakillari, xorijiy davlatlar mutaxassislari va faxriy mehmonlar ishtirokida har ikki yilda bir marta Samarqandda inson huquqlari bo'yicha forum o'tkazilishi ko'zda tutilgan.
Shunday qilib, Strategiya inson huquqlari sohasidagi davlat siyosatining yangi bosqichini ochadi va ushbu yo'nalishdagi barcha sa'y-harakatlarni yangi bosqichga ko'taradi.
Xamdamova Firuza,
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining katta o`qituvchisi