Umumiy ovqatlanish xizmatlarini ko‘rsatish uchun universitetning “B” o‘quv binosida joylashgan bufetni ijaraga berish bo‘yicha tender
20.12.2022 4997
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti umumiy ovqatlanish xizmatlarini ko‘rsatish uchun universitetning “B” o‘quv binosi foyesida joylashgan bufetni ijaraga berish bo’yicha tender e’lon qiladi
Obyekt xarakteristikasi:
Ovqatlanish joyi (xonasi) 1 ta (54 m.kv.), xizmat ko‘rstish joyi 1 ta (13 m.kv.), 1 ta tayyorlash xonasidan (13 m.kv.) iborat. Universitet xodimlari soni 400 nafardan, talabalar soni 1500 nafardan ortiqni tashkil qiladi.
Talablar:
1. O‘zbekiston Respublikasining umumiy ovqatlanish xizmatlari ko‘rsatish to‘g‘risidagi qonunchiligi talablariga rioya etish;
2. Kuniga kamida 100 kishiga xizmat ko‘rsatish;
3. Bufetda tez tayyor bo‘luvchi turli buffet taomlari, shirinliklar, non mahsulotlari, choy, kofe, sharbatlar, turli gazlangan va gazlanmagan ichimliklar bilan savdoni tashkil etish;
4. Talabga ko‘ra kofe-breyk va banketlar tashkil etish.
5. Ijaraga olingan obyektlar uchun elektroenergiya, issiqlik energiyasi, issiq va sovuq suv ta’minoti, chiqindilarni olib chiqishni tashkil etish bo‘yicha universitet bilan shartnomalar tuzish;
6. Ijara obyektlarini sanitariya me’yorlari va yong‘in xavfsizligi talablariga muvofiq toza va ozoda saqlash, Dezinfeksiya, deratizatsiya, dezinseksiya ishlarini belgilangan muddatlarda olib borishni ta’minlash;
7. Ijaraga olingan asbob-uskunalar, bino va boshqa moddiy qiymatli buyumlarining but holatda saqlanishini ta’minlash;
Umumiy ovqatlanishni tashkil etishda kamida 2 yillik tajribaga ega bo‘lgan barcha mulkchilik shaklidagi tashkilot va korxonalarni 2022-yil 27 dekabrgacha o‘z takliflarini bildirishga taklif qilamiz.
Aloqa uchun: Azamat Abidov
Tel.: +998 94 642 22 25