Bobokulov Inomjon Ibragimovich
Kafedra: YUNESKOning “Xalqaro huquq va inson huquqlari”
Lavozimi: Professorlar
E-mail: inomuwed@mail.ru
Faoliyatining annotatsiyasi:
Bobokulov I.I. Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti YUNЕSKOning “Xalqaro huquq va inson huquqlari” kafedrasi dos. v.b. U 12.00.10 - Xalqaro huquq mutaxassisligi bo‘yicha nomzodlik (2002) va doktorlik dissertatsiyasini (2010) yoqlagan. Hozirda Xalqaro munosabatlar, JIDU ilmiy-nazariy nashrining tahrir hay’ati, shuningdek JIDU va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi qoshidagi Ilmiy kengashlar a’zosi.
Ilmiy tadqiqotlar doirasini: Markaziy Osiyo va Afg‘oniston xavfsizligining zamonaviy muammolari; mintaqaviy xalqaro tashkilotlar faoliyati; Markaziy Osiyoda chegara va hudud masalalarini tartibga solishning xalqaro-huquqiy jihatlari va boshqalar tashkil etadi.
U Jons Xopkins universiteti Markaziy Osiyo va Kavkaz instituti (AQSH, 2005) hamda Nanyan Texnologiya universiteti S. Rajaratnam nomidagi Xalqaro tadqiqotlar maktabida (Singapur, 2016) ilmiy-tadqiqot grantlari doirasida ilmiy faoliyat bilan shug‘ullangan.
Bobokulov I.I. xalqaro va respublika miqyosida tashkil etilgan konferensiya va seminarlar hamda O‘zbekiston va xorijda amalga oshirilgan bir qator ilmiy-tadqiqot loyihalarida ishtirok etgan; “Xalqaro huquq” va “Xalqaro munosabatlar” mutaxassisligi bo‘yicha doktorlik va magisterlik ishlariga rahbarlik qilmoqda; “Xalqaro xavfsizlik huquqi” va “Markaziy Osiyoda mintaqaviy xavfsizlik muammolari” fanlaridan nazariy va amaliy mashg‘ulotlarni olib boradi.
Asosiy ilmiy ishlari:
- “IS in Afghanistan: Emergence, Evolution and Expansion”, Counter Terrorist Trends and Analysis,Vol. 8, Issue 7, July,2016.
- “State-building in Afghanistan: Decentralization vs. Centralization”, Central Asia and the Caucasus, Vol. 16, Issue 2, 2015.
- “Ferghana as FATA?”, Central Asia and the Caucasus, Vol. 15, Issue 4, 2014.
- “Central Asia as a Security Complex: Theory and Practice”, Central Asia and the Caucasus, Vol. 13, Issue 3, 2012.
- Fergana Valley: the Heart of Central Asia, edited by S. Frederick Starr with Baktybek Beshimov, Inomjon I. Bobokulov, and Pulat Shozimov, New York, London: M.E.Sharpe, 2011, 512 p.
- Хавфсизлик асослари. Ўқув қўлланмаси. - Т.: Жаҳон иқтисодиёти ва дипломатия университети, 2011. – 160 б.
- Хавфсизлик атамалари луғати. - Т.: Жаҳон иқтисодиёти ва дипломатия университети, 2011. – 144 б.
- Международно-правовые аспекты региональной безопасности: вопросы теории и практики. – Т.: Университет мировой экономики и дипломатии, 2010. – 232 с.