Turayeva Suriya Telmanovna
Kafedra: Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar
Lavozimi: Dotsentlar
E-mail: sturayeva@uwed.uz
A.B.Beruniy nomidagi Politexnika instituti kimyo-texnologiya fakultetining “Bog’lovchi materiallarning kimyoviy texnologiyasi” mutaxassisligini muhandis-texnolog ixtisosligi bilan bitirgan.
Universitetni bitirib, O’zbekiston fanlar Аkademiyasi qoshidagi Yadro fizikasi Institutining aspiranturasiga o’qishga kirdi va nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi. 1994-yilda Toshkent kimyo-texnologiya Institutining “Sanoat ekologiya” kafedrasiga o’qituvchi sifatida ishga kirdi. 2003 –yildan hozirgi kunga qadar Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya Universiteti (JIDU) da faoliyat ko’rsatib kelmoqda. 2006-yilda “Atrof muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish” sohasi bo’yicha dotsent unvonini qo’lga kiritdi. O’z faoliyatini barcha kurs va fakultet talabalari, magistr talabalari tajriba muddatini o’tayotganlar va ilm izlanuvchilar bilan ishlagan holda olib bormoqda.
Ilmiy qiziqishlar doirasi: O’zbekistondagi atrof-muhitni yaxshilash yo’llari hamda barqaror taraqqiyot.
O’qitiladigan kurslar: “Jahon iqtisodiy geografiyasi va ekologiya”, “Ilmiy tadqiqot metodlari”.
Asosiy nashrlar:
- “Inson taraqqiyoti” - DarslikТ., 2008 BMTTD yordamida;
- “Xalqaro ekologiya”- O’quv qo’llanma, 2006, JIDU;
- “EKOLOGIYA” - Т., 2011, JIDU;
- “Ilmiy tadqiqot metodlari” – O’quv qo’llanma Т., 2013, JIDU;
- “Energetik xavfsizlik va diplomatiya muammolari”, Amaliy vazifalarni bajarish uchun metodik ko’rsatmalar, 2014;
- Respublika hamda xalqaro konferensiyalar miqyosida 38 dan ortiq maqola.