20.05.2019        11472

2019 yilning 17 may kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti talaba-yoshlari oʻrtasida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining 2019 yil 10 apreldagi 327-sonli buyrugʻi asosida “Biz korrupsiyaga qarshimiz” mavzusida tashkil etilgan “Eng yaxshi plakat” va “Eng yaxshi maqola” nominatsiyalari tanlovining fakultetlararo 2-bosqichi yakunlandi.

Unda hakamlar Hayʼati aʼzolari Yoshlar bilan ishlash boʻyicha prorektor L.Mingishov, “Xalqaro ommaviy huquq va davlat huquqi fanlari” kafedrasi professori v.b. R.Xakimov, “Oʻzbek va rus tillari” kafedrasi mudiri M.Abduraxmanova, “Yoshlarni maʼnaviy-maʼrifiy tarbiyalash” boʻlimi boshligʻi B.Suyunov, “Xalqaro munosabatlar” fakulteti dekani muovini S.Tilyaxodjayeva ishtirok etdilar.

Hakamlar Hayʼati aʼzolari ijodiy ishlarni baholashda mavzuning dolzarbligi va mazmun-mohiyati toʻlaqonli ochib berilganligi, tahliliy yondashuv va mustaqil fikrlash, mavzuni yoritishda oʻziga xos ijodkorlik, hayotiy misollardan keng foydalanilganligi, mavzuga oid dolzarb masalalar, ularning yechimlari yuzasidan berilgan takliflariga asosiy eʼtibor qaratdilar.  

Hakamlar Hayʼati aʼzolarining qaroriga koʻra “Xalqaro iqtisodiyot va menejment” fakulteti 1-bosqich 0-4a-18-guruh jamoasi “Eng yaxshi plakat” nominatsiyasi gʻolibi, yaʼni faxrli birinchi oʻringa sazovor boʻldi.

“Eng yaxshi plakat” nominatsiyasi boʻyicha faxrli 2-oʻrin universitetning “Xalqaro huquq” fakulteti 2-bosqich 1-4a-17-guruh jamoasi nomidan ishtirokchi Erkinova Dinara Faxriddinovnaga nasib etdi.

Universitetning “Xalqaro iqtisodiyot va menejment” fakulteti 1-bosqich 3-a-18-guruh jamoasi “Eng yaxshi plakat” nominatsiyasi boʻyicha faxrli 3-oʻringa loyiq deb topildi.

“Biz korrupsiyaga qarshimiz” mavzusida oʻtkazilgan “Eng yaxshi maqola” nominatsiyasi boʻyicha faxrli birinchi oʻrin universitetning “Xalqaro huquq” fakulteti 3-bosqich talabasi Azatov Jahongir Aybekovichga nasib etdi.

“Eng yaxshi maqola” nominatsiyasi boʻyicha faxrli 2-oʻringa universitetning “Xalqaro munosabatlar” fakulteti 2-bosqich talabasi Abdijabborova Nazlimxon Abdijabbor qizi munosib deb topildi.

Eslatib oʻtamiz tanlovlarning 2-bosqichi 1-va 2-oʻrin sohiblari va ularning tegishli hujjatlari oliy taʼlim muassasalariaro oʻtkaziladigan  3-bosqichda ishtirok etish uchun vazirlikning Tashkiliy qoʻmitasiga yoʻllanadi.

JIDU jamoasi “Biz korrupsiyaga qarshimiz” mavzusida oʻtkazilgan “Eng yaxshi plakat” va “Eng yaxshi maqola” nominatsiyalari tanlovining gʻoliblari hamda barcha ishtirokchilarini samimiy qutlaydi.