11.11.2019        8583

JIDU kutubxonasiga O'zbekistonning Fransiyadagi elchixonasi tomonidan fransuz tilida ko'plab ijtimoiy-siyosiy va badiiy adabiyotlar sovg'a qilindi. Ular orasida Fransiyaning taniqli olimlari va jamoat arboblarining tarixi, falsafasi, tarjimai hollari, madaniyatshunoslik haqidagi kitoblari, shuningdek Jerar Lyo Ru, Andre Marlo, Biatris Koper-Ruae va boshqa mualliflarining zamonaviy fransuz asrlari to'plamlari umumlashgandir.

Yangi fransuz tilidagi kitoblar taqdimoti ishtirokchilari, O'zbekistonning Parijdagi elchixonasi  favqulotda va muxtor elchisi S. M. Rustambayevning JIDU kutubxonasi fondini boyitishga doimiy ko`magiga minnatdorchilik bildirishdi. Yuborilgan kitoblar fransuz tili hamda tarixi va zamonaviy hayotini o'rganish uchun talabalarning muhim vositasiga aylanib ulgurdi.