“Oliy taʼlim tizimidagi ilmiy tadqiqotlarga axborot koʻmagi” mavzusidagi seminar
22.01.2020 10550
2020-yil 15-yanvar kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida OOO “E-LINE PRESS” kompaniyasi bilan hamkorlikda tashkillashtirilgan “Oliy taʼlim tizimidagi ilmiy tadqiqotlarga axborot koʻmagi” mavzusida seminar boʻlib oʻtdi. Seminarda Universitet professor-oʻqituvchilari, tadqiqotchilar, doktorantlar hamda “E-LINE PRESS” kompaniyasi vakillari qatnashishdi.
Seminardan koʻzlangan maqsad - oʻqituvchi, doktorant, magistr, kutubxona xodimlarini zamonaviy maʼlumotlar bazasi, kirish usullari, ProQuest dissertatsiyalar bazasi va boshqa elektron ilmiy resurslar bilan ishlashning zamonaviy usullari, shuningdek ularning oliy taʼlim muassasalaridagi ilmiy tadqiqotlar va taʼlim jarayonlari samaradorligini oshirishdagi ahamiyati bilan tanishtirish.
Seminar davomida oʻqituvchilar, doktorantlar, zamonaviy maʼlumotlar bazasi va turli elektron ilmiy resurslar bilan ishlashning zamonaviy usullari haqida hamda ilmiy maqolalarini chop ettirishda ahamiyat qaratadigan jihatlar toʻgʻrisida, dissertatsiyalarini yuqori darajada yozish boʻsicha koʻproq maʼlumotlarga ega boʻlishdi.
Seminar soʻnggida “E-LINE PRESS” kompaniyasi vakillari ProQuest, Springer Nature, Emerald Publishing kabi elektron maʼlumotlar bazalaridan foydalanish toʻgʻrisidagi ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga javob berishdi.