25.10.2019 6574

22 - oktyabr kuni Jurnalistika va Ommaviy kommunikatsiyalar universitetida Buyuk Britaniya elchixonasi ko‘magida "O‘zbekistonda media erkinlikni ta'minlash borasida jurnalistlarning huquqiy savodxonligini oshirish" mavzusida o'tkazilgan  seminar treningda Xalqaro huquq talabalari ishtirok etishdi.  Mashg'ulot davomida mavzuga oid muammoli vaziyatlar muhokama qilindi. Treyningqatnashchilari jurnalistlar faoliyatiga oid faktorlar hamda jurnalistik faoliyatni olib borish bo'yicha vakolatlari analiz qilindi. Seminar davomida jurnalistlar va huquqshunoslar faoliyati o'zaro taqqoslandi. Bundan tashqari ularning faoliyatida huquq va majburiyatlar kesishuvi o'rganildi.