21.10.2019 5672

2019 yil 19 oktyabr kuni “Iqtisodiyot nazariyasi” kafedrasi dotsenti R.A.Djuraeva XIM fakulteti, 3-kurs, 0-5a-17, 0-6a-17 va 0-7a-17 guruh talabalari bilan sayoh darsini o'tkazdi. Toshkent viloyati, Parkent tumani, Quyosh qishlog'ida joylashgan O'zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining Quyosh ilmiy-tadqiqot institutiga tashkil qilingan sayohat talabalarga ushbu noyob ilmiy-texnik ob'ekt haqida qiziqarli ma'lumot olish imkonini berdi.

Talabalar avtomatik tizimi asosida boshqariladigan murakkab optik-mexanik kompleksining ishi bilan tanishishdi. Mazkur  Katta Quyosh Pech quyosh energiyasini issiqlik energiyasiga aylantiradi. Shuningdek, "Fizika-Quyosh" ilmiy-amaliy birlashmasi kosmik, metallurgiya, neft va gaz, to'qimachilik sanoatida, hamda qurilish va tibbiyotda keng qo'llaniladigan bir qator amaliy ishlanmalarni ishlab chiqaradi.

Talabalar institutning ilmiy faoliyatiga ham katta qiziqish bildirishdi. Noyob Fizika-Quyosh kompleksi asosida Quyoshning ko'p maqsadli kuzatuvlar, quyosh radiatsiyasining Yer iqlimiga, insonga va atrof-muhitga ta'sirini o'rganishga yordam beradigan nazariy va eksperimental tadqiqotlar olib borilishi haqida atroflicha ma’lumot olishdi.