15.10.2019 6864

Joriy yilning 14-oktyabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining Oʻquv-uslubiy Kengashi majlisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-oktyabrdan “Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 5847-sonli Farmonini muhokamasi boʻlib oʻtdi. Rasmiy hujjat muhokamasida Farmonning maqsad, vazifalari va tasdiqlangan konsepsiyaning asosiy yoʻnalishlari batafsil yoritib berildi. Hususan JIDU prorektori M.Baqoyev tomonidan Universitetning Konsepsiyani 2019-2020 oʻquv yilida amalga oshirish “Yoʻl haritasi” haqida soʻz yuritildi. Konsepsiya muhokamasida universitet dekanlari, dekan muovinlari, kafedra mudirlari va boʻlim boshliqlari ishtirok etishdi, Oʻquv-uslubiy kengashning tegishli qarori qabul qilindi.