12.10.2019 6038

JIDUning "Sharq tillari" kafedrasi oʻqituvchilari 8 - 10 oktyabr kunlari Toshkent xalqaro mehmonxonasida boʻlib oʻtgan "Xitoyda oliy taʼlim" koʻrgazma-taqdimotiga tashrif buyurishdi.

Koʻrgazmani Xitoyning Oʻzbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Tszyan Yan ochdi. Ochilish marosimida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi vakillari, Xitoy stipendiyalari kengashi bosh kotibining oʻrinbosari Chjan Ning, shuningdek xitoy tili oʻqituvchilari va Oʻzbekistonning turli universitetlari talabalari ishtirok etdilar.

Tszyan Yan xonim oʻz nutqida koʻrgazmani tashkil etgani uchun minnatdorchilik bildirdi va Oʻzbekiston va Xitoy davlat rahbarlarining shaxsiy gʻamxoʻrligi, har ikki tomonning birgalikdagi saʻy-harakatlari bilan ikki mamlakat oʻrtasidagi gumanitar almashinuvlar va taʼlim sohasidagi hamkorlik faollashdi. Elchi bunday tadbirlarning oʻtkazilishi Xitoyda tahsil olishni istagan oʻzbekistonlik talabalarga Xitoyda taʼlim haqida koʻproq maʼlumotga ega boʻlishiga va ikki mamlakat oʻrtasidagi gumanitar hamkorlikka hissa qoʻshishini taʼkidladi.

Koʻrgazma Xitoyning Oʻzbekistondagi elchixonasi tomonidan Xitoy stipendiyalari kengashi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamkorligida tashkil etildi.

Koʻrgazmada Tsinghua universiteti, Pekin chet tillar universiteti va Metropolitan iqtisodiyot va savdo universiteti kabi Xitoyning boshqa etakchi universitetlari kabi 30 dan ortiq taniqli universitetlar ishtirok etdi.