JIDU talabalari “Qabul qilingan qonunlar samaradorligini monitoring qilishning dolzarb masalalari: Oʻzbekiston va xorijiy mamlakatlar tajribasi” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy seminarda ishtirok etishdi
09.10.2019 6549
Jahon iqtisodyoti va diplomatiya universiteti xalqaro xuquq fakulteti talabalari «Yosh qonunshunoslar klubi» azolari Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti tomonidan “Qabul qilingan qonunlar samaradorligini monitoring qilishning dolzarb masalalari: Oʻzbekiston va xorijiy mamlakatlar tajribasi” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy seminarda ishtirok etdi. Seminarda deputatlar, Qonunchilik palatasi va Senat devoni, Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligi parlamenti Jamoatchilik palatasi devoni xodimlari qatnashdi. Seminar norma ijodkorligini takomillashtirish, qonun loyihalarini ishlab chiqish va qabul qilish hamda ijrosini baholashda xorijiy mamlakatlarning tajribasini oʻrganish masalalariga bagʻishlandi.
Seminarda Vestminster demokratiya fondining davlat boshqaruvi boʻyicha bosh maslahatchisi Franklin de Vriz qonunchilik ijrosi ustidan samarali nazorat olib borishda parlament qoʻmitalarining vakolatlari, milliy parlamentlarda qabul qilingan qonunlarning samaradorligini monitoring qilish asoslari toʻgʻrisida batafsil maʼlumot berdi. Vestminster demokratiya fondining davlat boshqaruvi boʻyicha bosh maslahatchisi Franklin de Vriz qonunchilik ijrosi ustidan samarali nazorat olib borishda parlament qoʻmitalarining vakolatlari, milliy parlamentlarda qabul qilingan qonunlarning samaradorligini monitoring qilish asoslari toʻgʻrisida batafsil maʼlumot berdi.
Seminar yakunida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari tomonidan qabul qilinayotgan qonunlarning monitoringini yanada takomillashtirish va samaradorligini baholash sohasida bildirilgan takliflar umumlashtirildi.