04.05.2016 34129

“Ekohaftalik” doirasida joriy yilning 3 may kuni JIDU talabalari va professor-o'qituvchilari Toshkent viloyatining Parkent tumanida joylashgan dunyodagi eng yirik quyosh institutlaridan biriga “Fizika-quyosh” Ilmiy ishlab chiqarish birlashmasida bo'lib, ushbu institut faoliyati, tadqiqotchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdilar.

Tashrifdan maqsad studentlarga muqobil energiya manbalari ekologik toza energiya manbai ekanligi hamda bugungi kunda iqlim o’zgarishi va tabiiy resurslarning tugab borishi muammosini hal etishda alohida o'rin tutishini ko'rsatishdan iboratdir.