03.10.2019 9908

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 17-sentyabrdagi 736-son qaroriga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi huzuridagi “Maʼnaviyat va maʼrifat” markazi faoliyatini takomillashtirish hamda talaba va oʻquvchilarning maʼnaviy-maʼrifiy, madaniy saviyasini muntazam oshirib borish, ularning oʻqishdan boʻsh vaqtini mazmunli oʻtkazishini taʼminlash maqsadida “Talabalar media – ijtimoiy va madaniyat maskani” tashkil etilgan.

2019-yilning 30-aprel kuni “Maʼnaviyat va maʼrifat” markazi qoshidagi “Talabalar media – ijtimoiy va madaniyat maskani” tomonidan tashkil etilgan Talabaga 100 kitob aksiyasida birinchilardan boʻlib, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti professor-oʻqituvchilari va xodimlari jamoasi 138 ta eng sara kitoblar bilan ishtirok etdi va boshqa oliy taʼlim muassasalariga ibrat naʼmunasi boʻldi.

Joriy yilning 27-sentyabr kuni OTV “Maʼnaviyat va maʼrifat” markazi qoshidagi “Talabalar media – ijtimoiy va madaniyat maskani” ning ochilish marosimi oʻtkazildi. Unda universitetimizning “Xalqaro munosabatlar” va “Xalqaro iqtisodiyot va menejment” fakultetlaridan talaba-yoshlar oʻz murabbiylari bilan faol ishtirok etdilar.

Quvonarlisi shuki, JIDU jamoasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi huzuridagi “Maʼnaviyat va maʼrifat” markazining Tashakkurnomasiga sazovor boʻldi.