JIDUdagi ilk joʻshqin taasurotlarim
21.09.2019 7487
2019-yil 20-sentabr kuni Toshkentdagi Xalqaro Vestminster universitetida BMTning sudyalar va advokatlar mustaqilligi bo’yicha maxsus ma’ruzachisi - Diyego Garsiya-Sayan bilan uchrashuv bo’lib o’tdi. Uchrashuvda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti professor-o’qituvchilari, magistrantlari va talabalari ishtirok etdi. Xususan, men, Jahon Iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, “Xalqaro huquq” fakulteti 1-bosqich talabasi G’iyosov Abu Tolib Bahodirjon og’li, ham ishtirok etdim.
Bu mening oliy ta’limdagi birinchi bo’lgan ilk yorqin taasurot qoldirgan uchrashuvlardan biri bo’ldi deb faxr bilan ayta olaman. Eng muhimi, kelgusida rejalashtirayotgan ezgu maqsadlarimga katta amaliy ko’mak ko’rsatdi. O’ylaymanki, shunday uchrashuvlar, ochiq davra suhbatlari va amaliy tajribalar ko’proq tashkil etilsa, biz talabalar uchun maqsadga muvofiq bo’lar edi.
“Xalqaro huquq” fakultetii 1-kurs talabasi
G’iyosov Abu Tolib Bahodirovich