JIDUda Osiyo yoshlar konferensiyasi
18.09.2019 7105
Oʻzbekistonni yana bir bor dunyoga tanitish va oʻzbek imidjini koʻtarish maqsadida, joriy yilning 6-7-8-sentyabr kunlari Oʻzbek Xalqaro huquq assotsiatsiyasi, Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi Markaziy kengashi hamda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti hamkorligida “Osiyo Yoshlar konferensiyasi” tashkil etildi va koʻtarinki ruhda oʻtkazildi.
Olti yoʻnalish boʻyicha jami delegatlar, tashkilotchilar hamda qoʻshni davlatlardan kelgan delegatlar bilan birgalikda 796 nafar Yoshlar qatnashdi. Konferensiyamizda turli xil loyihalar Yoshlarning fikri asosida yaratildi. Konferensiya davomida Qirgʻiziston Respublikasidan kelgan delegatlar vakili bilan Oʻzbek-Qirgʻiz Yoshlar konferensiyasi boʻyicha Memorandum imzolandi. Konferensiya davomida toʻqqizta yoʻnalish boʻyicha yoshlar oʻzlarining loyihalarini yaratdilar.
Birinchi oʻrin – Ekologiya yoʻnalishi, Ikkinchi oʻrin – Iqtisodiy krizis, Uchinchi oʻrin – Sogʻliq masalalari yoʻnalishlariga nasib etdi. Gʻoliblarga 5,000 000 soʻm pul mukofoti, televizor, changyutkich mashinasi tantanali ravishda topshirildi. Barcha delegatlarga Sertifikatlar taqdim etildi. Gʻolib jamoa sifatida Ekologiya yoʻnalishi delegatlariga Ekologiya partiyasining aʼzolik guvohnomalari berildi hamda Jamoatchi inspektori sifatida ishga olindilar.