19.07.2019 9404

2019 yil 12-14 iyul kunlari YUNESKO boshchiligida 7-Xalqaro jurnalistika va kommunikatsiya Yozgi maktabi Issiqko’ldagi Bosterigida (Qirg’iziston) o`tkazildi. Uning mavzusi “Global kommunikatsiya va milliy media: fuqarolarni xabardor qilish va ishtirokini oshirish” deb belgilandi. Unda Markaziy Osiyo respublikalari: Qozog’iston, Qirg’iziston, O’zbekiston va Qoraqalpog’iston vakillari qatnashdi. O’zbekistondan tashrif buyurgan olimlar, o’qituvchilar, ommaviy axborot vositalari xodimlari, doktorantlar, yosh tadqiqotchilari Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, O’zbekiston milliy universiteti, O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti va Qoraqalpoq davlat universitetidan ishtirok etdilar. Delegatsiya rahbari filologiya fanlari doktori, UWED Ijtimoiy-siyosiy fanlar kafedrasi professori Mo’minova Fotima Izatullaevna “O'zbekiston milliy media bozori va fuqarolarning axborot ko’nikmalari" mavzusida mahorat darslari o’tkazdi.

Seminar va treninglarda kommunikatsiya va axborot bo’yicha dolzarb masalalarini muhokama qilishda O’zbekiston milliy universitetidan filologiya fanlari doktori Yukut Mamatova va kafedra mudiri Shavkat Ibragimov, O’zDJTU kafedra mudiri Nazira Toshpulatova, Qoraqalpoq davlat universitetidan dotsenti Malika Jumamuratova so’zga chiqdilar.

Professor, siyosatshunoslik fanlari doktori, Qozog’iston milliy universiteti kafedrasi mudiri G.S.Sultonboyeva har yili jurnalistlarning Qishki va Yozgi maktablari loyihalari doirasida o’tkaziladigan "Mediasphere" ilmiy markazining rahbari hisoblanadi. U o’z taqdimotda ushbu forumlarning kontseptsiyasi va maqsadlari, Markaziy Osiyo respublikalari olimlari va amaliyotchi-jurnalistlar o’rtasida ilmiy va ma’rifiy hamkorlikni o’rnatish va mustahkamlash, talabalar va o’qituvchilar bilan almashinuv  va ikkitalik diplom olish  haqida so’zlab berdi. Forum dasturi doirasida ijodiy kechalar tashkil etildi. Unda ishtirokchilar o’z ona tillarida ashula va she’rlar aytdi.