08.07.2019 8489

2019 yil 3-iyul kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti Yuridik klinikasi talabalari “Huquqiy sohada ommaviy axborot vositalarining o`rni va ulardan unumli foydalanish asoslari” mavzusida “Turkiston Press” nashriyoti direktori Luiza Maxmudova tomonidan uyushtirilgan mahorat darsida ishtirok etishdi.

Mahorat darsi 3 ta asosiy yo`nalishda tashkil etildi.

  1. Zamonaviy fuqarolik jamiyatida OAVning o`rni va ahamiyati.
  2. Huquqiy sohada OAV imkoniyatlaridan foydalanish.
  3. OAV faoliyatining huquqiy asoslarini takomillashtirish.

Tadbir mehmoni talabalar tomonidan berilgan savollarga javob berish davomida o`zining ish faoliyati va shaxsiy tajribasida kelib chiqib ommaviy axborot vositalarida chop etiladigan materiallarni yig`ish, tayyorlash va qayta ishlash jarayonida ularning huquq normalariga muvofiqligini ta`minlash naqadar muhim ahamiyatga ega ekanligini, huquqiy sohada bo`layotga o`zgarishlarni fuqarolarga o`z vaqtida va to`g`ri yetkazib berishni ta`minlashda huquqshunoslar va OAV vakillari hamkorligini yanada kengaytirish lozimligini qayd etib o`tdi.