08.05.2019 7905

2019-yil 04-may kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasida Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti qoshidagi “Yosh qonunshunoslar klubi” tomonidan “Qonunlarni ishlab chiqish va qabul qilish jarayoni: O‘zbekiston va Koreya tajribasi” mavzusida seminar tashkil etildi.

Seminar mobaynida Klub a’zolari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari faoliyati va uning davlat boshqaruvidagi roli hamda O‘zbekistonda qonun ijodkorligi jarayoninig o‘ziga xos xususiyatlari muhokama qilindi.

Shu bilan bir qatorda, seminarda Koreya Respublikasi qonun ijodkorligi jarayonining o‘ziga xos xususiyatlari, Koreyaning qonun ijodkorligi jarayonida muddatlar, qonunlarni ekspertiza qilish, xalq muhokamasiga qo‘yish va ular yuzasidan takliflarni umumlashtirish hamda qonunlarni ommaga e’lon qilish masalalari bo‘yicha batafsil ma’lumot berildi.

Tadbir yakunida Klub a’zolari qonun ijodkorligi sohasida o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olish bilan bir qatorda, uni takomillashtirish yuzasidan o‘z fikr va takliflarini bildirishdi.