16.04.2019 8241

Shu yil 15-aprelda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti Majlislar zalida “Tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy aloqalar uchun kadrlar tayyorlashda til va tarjima masalalari” mavzusidagi XII an’anaviy ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.

Konfrensiya ishini JIDU birinchi prorektori M.T. Baqoyev kirish nutqi bilan ochdi, yig ‘ilish ishtirokchilariga tashriflari uchun minnatdorchilik bildirib, mazkur anjuman kun tartibiga qo‘yilgan masalalarning ahamiyati haqida gapirdi.

Jumladan, bo‘lajak xalqaro soha mutaxassislari kamida uch tilni mukammal egallashi lozimligi, o‘g‘zaki va yozma nutq savodxonligi masalalari, badiiy mutolaaning til ta’limidagi o‘rni, mutolaaga qiziqishning pasayganligi muammosi, ta`lim tizimida ushbu muammoni bartaraf etish uchun qanday chora-tadbirlar qo‘llash mumkinligi barchani befarq qoldirmasligini ta’kidladi.

Universitet prorektori S.Saidqosimov ham konferensiya doirasida muhokama qilinayotgan masalalarning dolzarbligini qayd etdi.

Nutq madaniyati, notiqlik san’ati kabi mavzularga ishtirokchilar diqqatini tortib, chet tillarini bilish bilan bir qatorda davlat tilini talablar darajasida egallash zarurati, rus tilining bugungi jamiyatdagi o ‘rni, bu tilning axborot manbayi ekanligini uqtirdi.

O‘zDJTU qoshidagi Innovatsion markaz bo ‘limi rahbari M.T. Irisqulov, Nyu Meksika universiteti faxriy prfessori G. Gleason, O‘zDJTU Hozirgi zamon rus tili kafedrasi dotsenti Q.O. Saparova, JIDU O ‘zbek va rus tillari kafedrasi dotsenti Sh. Normatova, TDYI Til o‘rgatish kafedrasi dotsenti A. Aripovaning chiqishlari qiziqish bilan tinglandi, yig`ilish qatnashchilarining qizg`in muhokamalariga sabab bo‘ldi. Konferensiya do‘stona ilmiy munozara ruhida o‘tdi.