05.04.2019 8927

Mamlakatimiz sportining koʻzgusi hisoblangan Olimpiya shon-shuhrati muzeyi 1996-yil tashkil etilgan. 2019 yil 6 aprel kuni Xalqaro munosabatlar fakulteti bir gurux 1-kurs talabalari reja asosida ushbu muzeyga tashrif buyurishdi.

Talabalarga muzey tarixi, qurilish jarayonlari, tarixiy hujjatlar va eksponatlar hakida muzey xodimlari tomonidan gapirib berildi. Talabalar sportchilarimizning yutuqlari ularning yurtimiz sharafi yoʻlida qoʻlga kiritgan medallari, sport va sportning xalqaro munosabatlardagi oʻrni xaqidagi videoroliklarni katta qiziqish bilan koʻrdilar.

Shuningdek, Oʻzbekiston sportchilarini olamshumul gʻalabalari va mamlakatimizda Olimpiya xarakatini rivojlantirish tarixi toʻgʻrisidagi videorolik talabalarga namoyish etildi.

Olimpiya shon-shuhrati muzeyida mingdan ortiq ekspozitsiya mavjud boʻlib, talabalar turli medallar, kuboklar, mayoqlar, pochta markalari, sport anjomlari va kiyim-kechak eksponatlari bilan tanishdilar.

Barkamol yoshlarni tarbiyalashda sportning oʻziga xos oʻrni boʻlib, jismoniy tarbiya va sportni keng tadbiq etish, oʻsib kelayotgan avlodning salomatligini saqlash yoʻlida bu muzeyning axamiyati katta.

Yoshlar jamiyat rivojlanishi va mamlakatimiz kelajagini belgilab berar ekan, sport taraqqiyotning ajralmas bir omili ekanligini, ularni jismoniy va ruhiy tarbiyasiga singdirib borish xar birimizning vazifamizdir.