JIDU talabalarining Fransiya iqtisodiyot va biznes tadqiqotlari instituti professori Robert Kreyn bilan uchrashuvi
13.03.2019 8559
12-mart kuni professor Robert Kreyn "Xalqaro iqtisodiyot va menejment” fakultetining 4-kurs talabalari va "Xalqaro iqtisodiy munosabatlar" magistratura bo’limi 1-kurs magistrantlari uchun "Xalqaro madaniy boshqaruv: xalqaro biznesda madaniy ongni shakllantirish" mavzusidagi ma'ruzani o'tdi. Tadbir "Xalqaro iqtisodiy munosabatlar" kafedrasi tomonidan tashkil etildi.
Professor Robert Kreyn ma'ruza davomida AQSh va Frantsiyadagi biznes modellarni qiyosiy tahlil qilib, madaniy komponentning ta'siri tamoyili orqali muloqot nuqtalarini va ularning o'ziga xos xususiyatlarini ochib berdi.
Ma'ruza yakunida olim ko'rib chiqilgan mavzu bilan bog’liq ko'plab savollariga javob berdi.