Dialog, bagʻrikenglig va tinchlik
09.03.2019 8942
YUNESKO va Al-Farobiy nomidagi Qozogʻiston milliy universiteti tashabbusi bilan Ile-Alatau davlat milliy bog'ida, «Tau-Turan» majmuasida VI Xalqaro Qishki Jurnalistika va Kommunikatsiya maktabi bo'lib o'tdi (Qozog'iston). Маzkur tadbir Jahon Radio kuniga bag'ishlangan bo`lib «Radio- Bag’rikenglik, dialog va tinchlik” mavzusi doirasida o`tkazildi. Unda Qozog'iston, Rossiya, O'zbekiston, Qoraqalpog'iston, Qirg'iziston, Afg'oniston, Yangi Zelandiyadan kelgan olimlar, jurnalistlar, o'qituvchilar, ommaviy axborot vositalari rahbarlari, talabalar ishtirok etdilar. Xalqaro forumda O`zbekistondan moderator va ma'ruzachi sifatida JIDU “Ijtimoiy-siyosiy fanlar” kafedrasi professori, filologiya fanlari doktori F.I.Mo'minova ishtirok etdi.
Ma`ruza taqdimotlarda va munozaralarda radioning axborot tarqatishda tezkorligi, eng samarali vosita sifatiga, hamda undan Hindiston, Afrika mamlakatlari, Tojikiston, Qirg'iziston va Afg'onistonning tog'li hududlarida keng foydalanishniga e'tibor berilgan. Jurnalistlar ommaviy axborot vositalarida olib borilgan faoliyat tajribalari bilan o'rtoqlashdi, o`z yutuq va muammolari haqida aytilar, onlayn radio rejimida sayt yaratish usuli bo`yicha fikr bildirdilar. Misol uchun, Afg'onistonlik jurnalistlar favqulodda vaziyatlar, ziddiyatli holatlardagi ishlarning xususiyatlari haqida gapirib, o'z mamlakatlaridagi voqealarni yorituvchi jurnalistlarning o'limi haqida ma'lumot berdi. Markaziy Osiyo Universiteti professori Evangelia Papupsaki radioning kommunikatsiya rivojlanishi va ijtimoiy o'zgarishdagi o'rni haqida so'zlab berdi. Qishki maktab ishtirokchilari uchun Markaziy Osiyo xalqlarining qo'shiqlari, she'rlari va raqslari ijro etilib ijodiy kecha, shuningdek, Olmaotada tarixiy va diqqatga sazovor joylarga sayyohlik safari tashkil etildi.