14.02.2019 9802

JIDU "Xalqaro munosabatlar" fakulteti 5-kurs talabalari bir necha yillar davomida  "Xalqaro jurnalistika" fani doirasida talabalikka oid o’quv «UWED news» gazetasini oʻzlari nashrga tayyorlashadi va chop etishadilar.

Gazeta materiallarini yozish, nashrga va saytlarga joylashtirish koʻnikmalarini shakllanishiga Oʻzbekiston va xorij ommaviy axborot vositalari yetakchi jurnalistlari, xodimlarining  mahorat darslari, oʻtkazilgan uchrashuvlar, gazeta va televidenie studiyalarining tahririyatlarida oʻqish ekskursiyalari, videolavhalar va yangiliklar dasturlarini tayyorlash amaliyoti bilan tanishish ta`sir etgan. Oʻz kasblarining ustalari, "Assalom, Oʻzbekiston" telekoʻrsatuvi va "Milliy" telekanali jurnalistlari Kumushbibi Ermamatova va Nilufar Ahmedova, davlat va mustaqil, tijorat televideniesi ishining oʻziga xos xususiyatlari haqida soʻzlab berishdi.

"UWED news" gazetasining navbatdagi soni beshinchi kurs talabalari tomonidan tayyorlandi, unda  ular oʻzlarining nazariy bilimlarini jamlab, yoshlar gazetasini nashr etish boʻyicha mahorat va qobiliyatlarini namoyon etdilar. Kasbiy matbuot tahririyatlari singari talabalar ham gazetaning tahririyat kengashini yaratdilar va turli vazifalarni o`zaro bo`lib bajardilar. Masalan, Gavhar Mirhalilova bosh muharrir, Elina Chirinova ma`sul muharrir, Shahzod Yoʻldoshov dizayner va dasturchi ishini bajargan, Ulugʻbek Abdusalamov tahririyat kengashi aʻzosi sifatida maqolalarni o`qib, gazeta sahifalari xatosiz chiqishi uchun javobgar edi.

Guruhning barcha talabalari muxbir, tahlilchi, fotojurnalistlar sifatida faoliyat yuritdilar, materiallarni nashr etish konsepsiyasiga va maqsadli auditoriyaga muvofiq tayyorladilar. "UWED news" talaba gazetasining navbatdagi sonini chiqarish masalalari boʻyicha ish JIDU professori Moʻminova Fotima Izatullayevna rahbarligida olib borildi.

Mazkur oʻquv yilining birinchi semestri davomida ushbu guruh talabalari respublika, xorijiy nashrlar va universitetning talabalar matbuotida 40 dan ortiq ishlar, ilmiy va publisistik maqolalar chop etdilar.