12.02.2019 9091

Xodimlar jamoasi va Sizning talabalaringiz Sizni yubiley tavallud ayyomingiz bilan chin qalbimizdan tabriklaymiz! O‘qituvchilik – bu oliy martabali kasb! Siz shunchalar bag‘ri keng, ochiq ko‘ngilli insonsizki, barcha talabalaringizga qalb-u qo‘ringiz bilan yordam berasiz! Sizni barcha qadrlaydi hamda hurmat qiladi!

Sizga mustahkam sog‘liq tilab qolamiz! Doimo xonadoningizda tinchlik, osoyishtalik hukm sursin. Doimo baxtli, quvnoq bo‘lib, hayotning har bir lahzasidan bahramand bo‘lib yashash nasib aylasin. Har doim mana shunday nurli, mehribon, quvnoq bo‘lib yuring. Yuzingizdan tabassum hech qachon arimasin!  


Cherkashina Irina Aleksandrovna –  chuqur nazariy bilimga ega, amaliyot bilan yaqindan tanish hamda barcha darslarni interaktiv usluda olib borishda katta tajribaga ega yuqori malakali mutaxasis hisoblanadi. Talabalarni muammoli savollarni yechishda mantiqiy fikrlash va o‘z yondashuvlariga tayangan holda o‘z fikrlarini asoslashga undaydi, talabalarda amaldagi qonunchilikni mustaqil qo‘llay olish qobiliyatini rivojlantiradi.   

I.A. Cherkashina – talabalarni professional amaliy faoliyat olib borishga tayyorlovchi Yuridik klinikaning asoschilaridan biri va 17 yildan beri mazkur klinikaning tenggi yo‘q murabbiyi va kuratori hisoblanadi. Har yili Cherkashina I.A.ning say-harakatlari natijasida fakultetda tahsil olayotgan talabalarning uchdan bir qismi Yuridik klinikaga jalb etiladi. Klinikadagi ta’lim ham nazariy ham amaliy yuridik bilim va ko‘nikmaga ega bo‘lgan mutaxassislarni yetishtirib chiqarishga imkon beradi. Talabalar bilan hamrohlikda yuridik maslahatlar, mahalla aholisi, ishchilar jamoasi, maktab o‘quvchilari, mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari bilan uchrashuvlar o‘tkazish orqali  aholining huquqiy ongini o‘stirishda muntazam ishtirok etadi.  

Katta hayotiy tajriba, talabalarga nisbatan do‘stona, lekin ayni paytda talabchan munosabat, ularning dard-u tashvichlarini tinglash Cherkashina I.A.ni yaxshi tarbiyachi sifatida e’tirof etishga asos bo‘ladi. U kishi mas’uliyatli, mehnatkash, o‘zganing dardiga befarq bo‘lmagan va o‘z ishiga sodiq insondir. 


Hurmat va ehtirom bilan universitet Ma’muriyati va jamoasi