JIDUga Jon Hopkins institute professori Fredrik Starr tashrif buyurdi
12.12.2018 9574
2018 yil 12-dekabr kuni JIDUda Jon Hopkins universiteti professori, Markaziy Osiyo va Kavkaz instituti direktori Fredrik Starrning “Mintaqaviy koordinatsiya va birlashuvining chet el modellari” mavzusidagi ma'ruzasi bo’lib o’tdi.
Proffesor F.Starr nutqi davomida Respublikamizda bo’layatgan o’zgarishlar va mintaqaviy integratsion jarayonlar va ularning mazmun mohiyati haqida gapirdi.
Ma'ruza universitet talabalari va o'qituvchilari tomonidan katta qiziqish bilan tinglandi va ishtirokchilarda ko'plab savollar tug'dirdi. F.Starr qizg’in muhokamalar ishtirokchilarning mintaqaviy va ichki siyosatga bo’lgan qiziqishlaridan dalolat berishini mamnuniyat bilan qayd etdi.
Uchrashuv yakunida Universitet talabalari Fredrik Starr bilan birga esdalik uchun suratga tushdilar.