JIDUga Yaponiyaning O'zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi tashrif buyurdi
29.11.2018 10793
2018 yil 28-noyabr kuni JIDUda Yaponiyaning O'zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi janob Nobuaki Itoning "O’zbekiston Respublikasi va Yaponiya o’rtasidagi ikkitomonlama munosabatlarning zamonaviy holati va istiqbollari" mavzuidagi ma'ruzasi bo’lib o’tdi.
Oliy martabali mehmon nutqida O'zbekiston va Yaponiya o'rtasidagi munosabatlar tarixi, ikki tomonlama hamkorlikning zamonaviy holati, shuningdek, mamlakatning rivojlanish tendentsiyalari haqida batafsil so'zlab berdi.
Ma'ruza universitet talabalari va o'qituvchilari tomonidan katta qiziqish bilan tinglandi va ishtirokchilarda ko'plab savollar tug'dirdi. Yaponiya elchisi qizg’in muhokamalar ishtirokchilarning Yaponiya ichki va tashqi siyosatiga bo’lgan qiziqishlaridan dalolat berishini mamnuniyat bilan qayd etdi.
Uchrashuv yakunida Universitet talabalari Janob Nobuaki Ito bilan birga esdalik uchun suratga tushdilar.