14.10.2018 11636

Joriy yilning 20-sentyabr sanasida Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida Madridning Huan Karlos nomli Universiteti professori Karlos Uriartening «Хаlqaro munosabatlar tizimida zamonaviy Ispaniyaning tutgan roli» mavzuidagi ma’ruzasi bo’lib o’tdi.

Ma'ruza davomida professor XX asrning oxiri - XXI asrning boshlarida ijtimoiy hayotning turli sohalarida sodir bo'lgan o'zgarishlarning sabablari va tabiatini tahliliga alohida e'tibor qaratib, Ispaniyaning zamonaviy xalqaro munosabatlar tizimidagi o'rnini yoritib berdi. Shuningdek, ispaniyalik professor XX asr so’ngida Ispaniyada sodir bo’lgan "uch marotaba sakrash" - demokratiyaga, liberal iqtisodiy modelga hamda Yevropa integratsiya tuzilmalariga sakrashni tahlil qilish muhimligini ta'kidladi. Ma’ruza  davomida so'nggi yillarda Ispaniyaning iqtisodiy va siyosiy rivojlanishining o’ziga xos hususiyatlari  ham yoritib berildi. Uchrashuv yakunida talabalar o’zlarini qiziqtirgan savollarga javob olish imkoniga ega bo'ldilar.