21.05.2018 13990

Xalqaro munosabatlar fakultetining bir guruh talabalari respublika “Qatag’on qurbonlari xotirasi” muzeyiga tashrif buyurdi. Muzey 2001-yilda O'zbekiston Respublikasi I.A.Karimovning tashabbusi bilan tashkil etilgan. Muzey zallarida XIX asrning zamonaviy davriga oid ekspozitsiya va hujjatlar mavjud. Talabalar, taniqli tarixiy shaxslarning shaxsiy hujjatlari, arxiv materiallari bilan tanishib, ularning Vatan oldidagi xizmatlariga chuqur hurmat bilan qarashdi. Mahmudxo'ja Behbudiy, Fitrat, Cho'lpon va boshqa jadidlar singari shaxslarning hayoti va ijodini xotirlashganda shunday ulug’ ota-bobolaridan faxrlanib, bo’lg’usi diplomatlar o'z bilimlarini boyitdilar.

Muzeyga tashrif buyurish, o'zbek xalqining qahramonlik tarixini davom ettirish va O'zbekistonning kelajakdagi ravnaqi va taraqqiyotiga munosib hissa qo'shish kerakligini yana bir bor eslatdi.