JIDU o'qituvchilari umumiy ta'lim maktabida
11.05.2018 14073
Toshkentdagi umumiy ta'lim maktablari va JIDU o'rtasida imzolangan memorandum doirasida Mirzo Ulug'bek tumanidagi 211-umum ta'lim maktabida "Xalqaro munosabatlar" fakulteti professor-o'qituvchilari tomonidan mahorat darslari va seminar-treninglar o'tkazildi. Maktab direktori Zulfiya Haydarovna Galmuddinova qisqacha maktab jamoasining faoliyati haqida gapirib berdi, unda 50 dan ortiq o'qituvchilar ishlab kelmoqda va 900 ga yaqin o`quvchilar tahsil oladi.
JIDU "Ijtimoiy va gumanitar fanlar" kafedrasi professori Fotima Izumatlayevna Mo'minova va katta o`qituvchisi Nargiza Abdusattarova yig’ilgan maktab o'qituvchilari bilan interfaol usulda zamonaviy ta'lim texnologiyalari bo'yicha master-klass va seminar-trening o'tkazdilar. Ular o`quvchilar uchun murakkab tushunchalar va iboralarni tez va yaxshiroq tushunishga qaratilgan eng faol usullar va kommunikatsiya metodlarni namoyish etdilar. Universitet lektorlari o'z chiqishlarida ijtimoiy va gumanitar fanlar- tarix, ma'naviyat va adabiyot mashq’ulotlarda qo`llanishga mo`ljallangan tarqatma materiallar, rangli klasterlar, ko'rgazma namunalar, jadvallardan keng foydalanishdi.
“XM» fakulteti dekan muovini Fuzail Mahmudov talaba yoshlar bilan olib borgan madaniy-ma'rifiy ishlari va tajribasi haqida gapirib berdi. Maktab o'qituvchilari mehmonlarga o`zlarini qiziqtitgan savollarni berishdi va universitet hayotini yaxshiroq bilish uchun yuqori sinf o'quvchilari bilan birgalikda universitga borish istagini bildirishdi.