AQShning O‘zbekistondagi elchisi bilan uchrashuv
04.05.2018 13245
2018-yil 2-may kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida AQShning O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Pamela Spratlen bilan uchrashuv bo’lib o’tdi. U jurnalistika va ommaviy axborot vositalarining AQSh ijtimoiy-siyosiy hayotida tutgan o’rni mavzusida nutq so’zladi. Pamela Spratlen xonimning nutqi BMT Bosh Assambleyasi tomonidan 3-may Butundunyo matbuot erkinligi kuni sifatida e’lon qilinganligiga bag’ishlangan.
Tashqi ishlar vaziri o’rinbosari va JIDU rektori Abdujabar Abduvaxitov AQSh elchisini kutib oldi. Ma’ruza davomida Abdujabar Abduvaxitov O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan yangi o’quv yilida universitetda “Xalqaro jurnalistika” mutaxassislik yo’nalishi ochilishini ta’kidlab o’tdi.
Rektor nutqidan so’ng, elchi Spratlen universitet o’qituvchi va talabalari uchun ma’ruza qildi va ularni qiziqtirgan savollariga javob berdi.
JIDU rahbariyati oliy darajadagi mehmonga qiziqarli va mazmunli taqdimot uchun minnatdorlik izhor etdi va tomonlar esdalik sovg'alari bilan almashdi.