02.05.2018 14382

30-aprel kuni Universitetning Faollar zalida yoshlarni turli tahdidlar – diniy ekstremizm va terrorizm, “ommaviy madaniyat”ning salbiy ta’siri, hamda talabalar va o‘qituvchilarning milliy immunitetini mustahkamlash masalalariga bag‘ishlanganprofilaktik tadbir o‘tkazildi.

Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qoshidagi din ishlari bo‘yicha Qo‘mita bo‘limi boshlig‘i Muxammadolim Muxammadsidikov, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi vakili Eshov Xurshid Xurramovich, O‘zbekiston xalq artisti Malika Ibragimova, hamda JIDU prorektori Valijon Norbo‘tayevich Xoshimovlar ishtirok etdi.

So‘zga chiqqanlar ekstremizm, terrorizm, millatchilik va diniy ekstremizm tushunchalarining mohiyatiga to‘xtalib o‘tdi. Ular dunyoda sodir bo‘layotgan voqealarga o‘zlarining baholarini berdi.

Mavzu doirasida fikrlar almashildi hamda “Tafakkur ehtiyoji” nomli hujjatli film namoyishi bo‘lib o‘tdi.