07.04.2018 14577

2018 yil 6-aprel kuni universitetda “Ijtimoiy-gumanitar fanlar” kafedrasi qoshida faoliyat yuritayotgan “O‘zbek diplomatiyasi tarixi” laboratoriyasi tashubbusiga ko‘ra, “Bugungi O‘zbekistonning diplomatik va xalqaro munosabatlarini rivojlantirishda Amir Temur merosining ahamiyati” mavzusida respublika ilmiy-amaliy anjumani o‘tkazildi.

Anjumanda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2018 yil 12-yanvardagi O‘zbekiston tashqi ishlar vazirligi va mamlakatimizda xorijiy davlatlardagi elchixonalari faoliyatiga bag‘ishlangan yig‘ilishdagi nutqida Amir Temur davri diplomatiyasi, o‘zbek diplomatiyasining tarixiy ildizlarini o‘rganish masalalariga alohida e’tibor qaratilganiga urg‘u berildi. Shu qatorda, O‘zbekistonning diplomatik aloqalari va xalqaro munosabatlari buyuk sarkarda, davlat arbobi Amir Temur diplomatiyasi misolida o‘rganilishi muhim ahamiyatga ega ekanligi ta’kidlanib o‘tildi.

Anjumanga O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Abduvaxidov Abdujabbor Abdusattorovich tashrif buyurdi va mavzu bo‘yicha o‘zlarining fikr-mulohazalarini bildirib o‘tdi. Anjumanda O‘zbekiston fanlar akademiyasi Temuriylar tarixi davlat muzeyi bo‘lim mudiri, professor A.Madraimov, Toshkent kimyo texnologiya instituti “O‘zbekiston tarixi va siyosiy fanlar” kafedrasi mudiri Sh.O‘ljayeva, “Ijtimoiy-gumanitar fanlar” kafedrasi professori R.Farmonov, O‘zbekiston fanlar akademiyasi Tarix instituti katta ilmiy xodimi N.Xidirova, “Xalqaro munosabatlar” fakulteti 4-kurs talabasi A.Fozilovlar ishtirok etdi.

Mavzu doirasida olib borilayotgan ilmiy izlanishlarni yorituvchi qiziqarli ma’ruzalar soha mutaxassislari,professor-o‘qituvchilar hamda talabalar tomonidan o‘qib eshittirildi. Amir Temur hayoti va faoliyatini aks etuvchi kitob manbalari ekspozitsiyasi tashkil etildi. Anjuman materiallari ilmiy to‘plam orqali nashr etildi.