06.04.2018 16832

JIDUning “Xalqaro huquq” fakulteti jamoasi (talabalar Gafurova Zulfiya, Saidaripova Aziza, Xalimov Farrux va jamoa murabbiysi Artikova Vasila 2018 yil 1-apreldan 7-aprelgacha Vashingtonda (AQSH) bo‘lib o‘tadigan Filip Djessop Xalqaro musobaqasida ishtirok etmoqda.

Filip Djessop Xalqaro musobaqasi-Xalqaro huquq bo‘yicha eng katta va nufuzli musobaqa bo‘lib, unda dunyoning 90 dan ziyod davlatlardan kelgan oliy yuridik ta’lim muassasalaridan talabalar jamoasi qatnashadi. Musobaqa 1959-yili tashkil topgan va ingliz tilida olib boriladi hamda BMTning Xalqaro Sudida ishlarning ko‘rilishi modeli asosida o‘tkaziladi.

Universitet jamoasi, komanda a’zolariga o‘quv jarayonida olgan bilim va ko‘nikmalarini namoyish qilishga va dunyoning eng kuchli jamoalari orasida sharafli o‘rinni egallashga yuksak ishonch bildiradi. Jamoaning musobaqadagi ishtirokiga omad tilaymiz.

Shu bilan birga, fakultet jamoasi universitet rahbariyatiga va JIDU bitiruvchisi Sobirov Raxmad asos solgan “Sobirovs” huquqiy firmasiga (www.sobirovs.com) jamoaning musobaqaning yakuniy bosqichiga borishlarini tashkil qilishda yaqindan yordam ko‘rsatganliklari uchun minnatdorchilik bildiramiz.