10.03.2016 35769

2016 yil 10 mart kuni Xalqaro huquq fakulteti 1 kurs talabalariga “Milliy g'oya: asosiy tushuncha va tamoyillar” fanidan ochiq dars bo'lib o'tdi.

Ushbu ochiq darsni “IGF” kafedrasi professori s.f.d Sultonova E'tibor Siddiqovna olib bordi. Ochiq darsga “O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan madaniyat xodimi”, “El-yurt xizmati ordeni” sohibi, tarix fanlari nomzodi, dotsent Muborak Yunusxo'jaeva, O'zbekiston davlat texnika universitetidan texnika fanlari nomzodi, dotsent, 100 dan ortiq ilmiy maqolalar muallifi Raxmonova Go'zal, “IGF” kafedrasi mudiri tarix fanlari nomzodi, dotsent R.Yu.Tursunova hamda ushbu kafedra dotsenti A.A.Usmanovalar tashrif buyurdilar. Ma'ruza interfaol va qiziqarli ma'lumotlarga boy bo'lib, talabalarda katta diqqat uyg'otdi.