04.04.2018 18211

2018-yil 3-aprel kuni Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma'rifiy yodgorlik majmuasida Birinchi Prezident xotirasiga bag'ishlangan insholar tanlovining g'oliblarini taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi.

Tanlovda O'zbekistonning jami 74 ta oliy ta'lim muassasalaridan 485 nafar talaba ishtirok etdi. Tanlov uchun yuborilgan insholar taniqli olimlar, tarixshunoslar, siyosatshunoslar va filologlardan iborat maxsus komissiya tomonidan baholandi.

Birinchi o'rin sohibi deb Jahon Iqtisodiyoti va Diplomatiya Universiteti 5-kurs talabasi Otabek Akromov topildi. Bizning talabalarimiz – Yekaterina Kurtova va Sherzod Hayitboyevlar ham g'oliblar qatoridan joy oldilar!

Tantanali marosim qatnashchilari Birinchi Prezident haykali poyiga gul qo'ydilar, Islom Karimovning 80 yillik yubileyiga bag'ishlangan "Butun olamni jo qilgan yurak" nomli ko'rgazma bilan tanishdilar.

G'oliblarga sovrinlarni Islom Karimov Fondi Vasiylik kengashi A'zosi, Birinchi Prezidentning turmush o'rtog'i Tatyana Karimova va Fond Boshqaruvi Raisi Botir Ubaydullayev topshirdilar.

Do'stlarimizni g'oliblik bilan chin ko'ngildan tabriklaymiz! Biz siz bilan faxrlanamiz! Omad va yangi zafarlar tilaymiz!