O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosarining MDXMI rektori bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
22.03.2018 15370
19-mart kuni O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Abdujabbor Abduvaxitov MDXMI rektori, RFA akademigi Anatoliy Torkunov bilan uchrashdi. Muzokaralar yakunida tomonlar Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti va MDXMI o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni mustahkamlash, xalqaro iqtisodiyot, huquqshunoslik, tarjimonlik sohasi, jurnalistika va boshqa talab etiladigan yo‘nalishlarda amaliy qadamlarni ishlab chiqish masalalarini muhokama etdilar. Tomonlar o‘zaro ta’lim dasturlarini ishga tushirish hamda Toshkentda MDXMIning filialini ochish to‘g‘risida kelishib oldilar.