18.03.2018 15909

18 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 10 martdagi 187-F-sonli farmoyishi ijrosini ta’minlash maqsadida Universitet hududida hamda Toshkent shahrining Mirzo-Ulug‘bek tumanida joylashgan “Mirzo-Ulug‘bek” bog‘ida obodonlashtirish va ko‘kalamzoralshtirish Xayriya hashari bo‘lib o‘tdi.

Ushbu xayriyada universitetning 1078 ta professor-o‘qituvchilari, xodimlar va talabalar ishtirok etdi. Xasharda 12 gektardan ortiq maydon obodonlashtirildi. Mayishiy va qurilish chiqindilar maxsus texnika yordamida tegishli joylarga oborildi. Tashkil etilgan ishlar ekologik muhitni yaxshilash, shaharning havosini tozalashga qaratildi. Bog‘ning hududi tozalandi, darhtlar ohlandi, gazonlar hazonlardan bo‘shatildi. Universitet murabbiylari va talabalari yangi darah navlari va manzarali gul ko‘chatlarini ekishdi. O‘tkazilgan hashar ishtirokchilarga jismoniy va ruhiy madat bag‘ishladi, odamlarni yanada birlashtirdi, talaba-yoshlarni xayriya tashabbuslariga yanada e’tiborli bo‘lishga undadi.