01.02.2018 12727

31-yanvar kuni universitetda “Ijtimoiy-gumanitar fanlar” kafedrasi qoshida tashkil etilgan “O‘zbek diplomatiyasi tarixi” laboratoriyasi doirasida talabalar-yoshlar o‘rtasida “O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov asarlari bilimdoni” bellashuvi o‘tkazildi. Bellashuvda barcha fakultet talabalari ishtirok etdi. Bellashuv davomida muhtaram Birinchi Prezident tomonidan yaratilgan fundamental asarlariga alohida to‘xtalib o‘tildi. Ular qatoridan o‘rin olgan “O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari”, “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch”, “O‘zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida”, “Ona yurtimiz baxt-u iqboli va buyuk kelajagi yo‘lida xizmat qilish – eng oliy saodatdir” kabi asarlarida davlatimizning istiqboli va taraqqiyoti, Vatanimizning gullab- yashnashini belgilab beruvchi nazariy-amaliy g‘oyaning mazmun-mohiyatiga urg‘u berildi. Yurtboshimiz bilan yaqindan ko‘rishishga muyassar bo‘lgan talabalarimizning chiqishlari barchaga manzur bo‘ldi. Ayniqsa, “Xalqaro huquq” hamda “Xalqaro munosabatlar” fakulteti 1-chi, 3-chi va 4-chi bosqich talabalari tomonidan namoyish etilgan taqdimotlar barcha ishtirokichlarda katta ta’ssurot qoldirdi. Mazkur tadbirni yuqori saviyada o‘tkazishda “Xalqaro huquq” fakulteti dekan muovini Toshev Farruh, “YUNЕSKOning xalqaro huquq va inson huquqlari” hamda “Fuqarolik huquqi” kafedralari o‘qituvchilari Akramova Vasila, Xodjayeva Kamola faol ishtirok etdi. Davrani murabbiylar kengashi raisi, “Ijtimoiy-gumanitar fanlar” kafedrasi dotsenti Usmanova Azizaxon Abdullajonovna olib bordi.