15.12.2017 14721

14-dekabr kuni “Pedagogika, Psixologiya” fani doirasida “Xalqaro huquq” fakulteti 3-kurs talabalari o‘rtasida seminar mashg‘uloti o‘tkazildi. Ushbu amaliy dars noan’anaviy shaklda o‘tkazilgan bo‘lib, ma’ruzalarda o‘zlashtirilgan manbalarni mustahkamlashga qaratildi. Seminar darsi davomida moderatorlar pul psixologiyasi tushunchasi, pulga bo‘lgan munosabat hamda pulning odamlar ongiga bo‘lgan ta’sirini yoritib o‘tdi. Shu bilan birgalikda, ushbu munosabat omadli (omadsiz) bo‘lishga, hayotdan qoniqib (qoniqmasdan) yashashga olib kelishi mumkinligini ta’kidlab o‘tdi. Mavzuni namoyish etishda blis-so‘rov, bahs-munozara, labirint usullaridan keng foydalanildi. Taqdimot qismida ko‘rgazmali va tarqatma materiallar bilan ish yuritildi. Talabalar o‘rtasida ishchi o‘yin o‘tkazildi. Bunda kichik guruhlarga bo‘lingan xolda muammoli vaziyat o‘ynalindi, har bir ishtirokchi mustaqil fikrlashga, uni asoslashga hamda himoya qilishga harakat qildi. Fan doirasida o‘tkazilgan amaliy mashg‘ulot talabalarni jamoa bo‘lib faoliyat yuritishga, o‘zining verbal va noverbal xususiyatlarini boshqarishga yordam berdi.