07.12.2017 17583

6-dekabr kuni murabbiylik soatida, barcha akademik guruhlarda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 25-yilligiga bag‘ishlangan “Qomusimiz – erkin va farovon hayotimiz kafolati” mavzusida suhbatlar o‘tkazildi. Suhbatlar O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi oliy darajadagi qonun sifatida e’tirof etilgani, davlatimiz qiyofasini, uning ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy tuzilishini, boshqaruvning demokratik prinsiplarini, jamiyat rivojlanishining strategik yo‘nalishlarini, fuqarolarning huquq va erkinliklarini kafolatlanishi hamda ma’naviy qadriyatlarimiz asoslarini mustahkamlashda muhim o‘rin tutganiga alohida e’tibor qaratildi. Bundan tashqari, mamlakatimizda inson, uning huquq va erkinliklariga bo‘lgan qarash tubdan o‘zgargani, joylarda xalq bilan muloqotlar olib borilayotgani va bu borada amalga oshirilayotgan ishlar borasida fikr almashildi. Konstitutsiyaga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasida barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega ekanligi ham eslatib o‘tildi. Mavzu yuzasidan taqdimot va videomateriallar namoyish etildi.