07.12.2017 14732

6-dekabr kuni Universitetning Faollar zalida, murabbiylik soatida, barcha fakultet 1-2 kurs talabalari, professor-o‘qituvchilar hamda murabbiylar ishtirokida “Giyohvandlik - hudud, chegara, millat tanlamaydigan mudhish illat” mavzusida uchrashuv o‘tkazildi. Uchrashuvga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Narkotik moddalarni nazorat qilish milliy markazi bo‘lim boshlig‘i X.Irismetov, Toshkent shahar Narkologiya dispanseri shifokori M.Muminovalar tashrif buyurdi.

Uchrashuv davomida “Qabohat” nomli film namoyish etildi, giyohvandlikka qarshi kurashish bo‘yicha yurtimizda amalga oshirilayotgan ishlar, yoshlar orasida olib borilayotgan profilaktik tadbirlari to‘g‘risida so‘z yuritildi. Bu borada mustahkam huquqiy baza yaratilgani, xavf-hatarni bartaraf etish maqsadida keng jamoatchilikning faolligiga tayanilayotgani, aholi o‘rtasida targ‘ibot va tashfiqot ishlari olib borilayotgani e’tirof etildi. Ayniqsa, mustaqillik yillarida ushbu illatga qarshi kurashish choralari bir necha bor kuchaytirilgani qayd etildi. O‘tgan yillar davomida mamlakatimizda giyohvandlikning oldini olish, psixatrop vositalar oldi-sotdisini bartaraf etish samaradorligini oshirishiga olib kelgani ma’lum qilindi. Mavzu yuzasida talabalar o‘zlarining fikr-mulohazalarini bildirib o‘tdi.