15.11.2017 15712

14-noyabr kuni universitetning Axborot-resurs markazida talabalar o‘rtasida atoqli davlat arbobi va yozuvchi Sharof Rashidov tavalludining 100 yilligiga bag‘ishlangan uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuvga siyosiy fanlar doktori, professor, yozuvchi To‘lqin Alimardonov taklif etildi. Ular Sharof Rashidovning hayoti va ijodini aks etuvchi “O‘chmas sharaf” nomli kitobi bilan talabalarni tanishtirib o‘tdi. Uchrashuv chog‘ida Sharof Rashidovning o‘zbek davlatchiligi taraqqiyotida mamlakatimiz rivojiga qo‘shgan hissasi, hayoti va ijodiy faoliyati aniq misollar bilan bayon etildi, yosh avlodni ajdodlarimiz amalga oshirgan buyuk ishlardan habardor qilish, ularning vatanparvarlik yo‘lidagi sadoqatli faoliyatini to‘g‘ri anglatish, real qahramonliklarini ko‘rsatib berish, har bir talabani o‘tmish merosimizga nisbatan hurmat va g‘urur ruhida tarbiyalash to‘g‘risida batafsil so‘z yuritildi. Uchrashuv so‘ngida tashrif buyurgan mehmon o‘z kitobini universitet kutubxonasiga hadya qildi. Uchrashuv talabalar tasavvurini ijobiy ta’surotlar bilan boyitdi.