“Tashqi mehnat migratsiyasi: xalqaro xususiy huquqda xalqaro kollizion mehnat huquqi” mavzusida mahorat darsi o‘tkazildi
08.11.2017 16084
2017-yil 8-noyabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti “Xalqaro huquq” fakulteti Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi bilan hamkorlikda xalqaro mehnat huquqining kollizion normalarini huquqiy tahlillari asosida maxsus mahorat darsi tashkil etildi.
Ushbu mahorat darsi Agentlikning yetakchi huquqshunos va xalqaro munosabatlar sohasidagi mutahasislari Y.Shakirova, A.Fayziev, Toshkent davlat yuridik universiteti kafedra mudiri B.Musaev, JIDU “Xalqaro xususiy va fuqarolik huquqi” kafedrasi dotsenti Z.Ubaydullaev, kafedra dotsenti N.Rahmankulova va “Xalqaro huquq” fakulteti talabalari ishtirokida bahs-munozara va mulohazalarga boy hamda qizg‘in bo‘lib o‘tdi.
Mahorat darsida ishtirokchilarga maxsus video film, mavzuga oid taqdimot va tahliliy axborotlar namoyish etildi.