27.10.2017 19515

2017-2018 o‘quv yili boshidan JIDU Boshqaruv instituti O‘zbekiston vazirlik va idoralari viloyat tarkibiy bo‘linmalarida qo‘shimcha o‘quv kurslari tashkil qilish hamda o‘tkazish bo‘yicha ishini davom ettirishga kirishdi.

2017-yil 04-09-sentabr kunlari JIDU Boshqaruv instituti Namangan viloyat sog‘liqni saqlash tuman bo‘limlari bosh buxgalterlari, menejerlari, bo‘lim boshliqlari va inspektorlari uchun Namangan shahrida malaka oshirish kurslari o‘tkazdi.

Ikki o‘quv kursi: “Kadrlar bo‘limi ish yuritishining zamonaviy asoslari” va “Byudjet tashkilotlarida buxgalterlik hisobi, soliq solish va ish yuritish” o‘tildi. Hammasi bo‘lib 70 kishi o‘qitildi.

2017-yil 16-21-oktabr kunlari Urganch shahrida Urganch viloyat sog‘liqni saqlash tuman bo‘limlari bosh buxgalterlari, menejerlari, bo‘lim boshliqlari va inspektorlari uchun malaka oshirish kurslari bo‘lib o‘tdi.

“Kadrlar bo‘limi ish yuritishining zamonaviy asoslari” va Byudjet tashkilotlarida buxgalterlik hisobi, soliq solish va ish yuritish” mavzusida jami 48 tuman sog‘liqni saqlash bo‘limlari vakillari malakalarini oshirdilar.

Ma’ruzalarda kompyuter-o‘quv taqdimotlari, xodimlarni boshqarishning interaktiv metodlaridan unumli foydalanildi. Mashg‘ulotlar jadvalining boyligi va taqdim etilgan axborotning katta hajmda ekanligi tinglovchilarga o‘zlarining kasbiy faoliyatlariga oid barcha zarur bilimlarni olishlari uchun imkoniyat yaratdi.

O‘qitish jarayonida tinglovchilar ko‘plab savollar bilan murojaat qildilar va ularga atroflicha, batafsil javoblar oldilar. Barcha ishtirokchilarga tarqatma materiallar berildi.

Tinglovchilar o‘qituvchilarning ishiga yuqori baho berdilar va kelgusida JIDU Boshqaruv institutida o‘quv kurslari olish istagini bildirdilar.